Soliq kodeksi

343-modda. Dividendlar tarzidagi daromadlarga soliq solishning o'ziga xos xususiyatlari

(343-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 24 декабрдаги ЎРҚ-1014-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2024 й., 03/24/1014/1067-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)

Yuridik shaxs tomonidan O'zbekiston Respublikasining soliq rezidentiga to'lanadigan dividendlarga ushbu Kodeksning 345-moddasida nazarda tutilgan tartibda to'lov manbaida soliq solinadi va bunday daromadlarni oluvchi tomonidan soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi. Agar dividendlar O'zbekiston Respublikasi norezidenti bo'lgan yuridik shaxs tomonidan O'zbekiston Respublikasi soliq rezidentiga to'lansa, olingan dividendlarga nisbatan to'lanadigan soliq summasi uni oluvchi tomonidan olingan dividendlar summasidan va ushbu Kodeks 337-moddasi birinchi qismining 11-bandida belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda aniqlanadi. Bunda dividend oluvchilar ushbu moddaga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq summasini daromad manbai joylashgan joy bo'yicha to'langan soliq summasiga kamaytirishga, agar O'zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.