Yuridik shaxsning mol-mulk majmui sifatidagi korxonani ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish ulushini realizatsiya qilishdan yoki uning boshqacha tarzda chiqib ketishidan ko'rilgan zarar realizatsiya qilingan (chiqib ketgan) aktivlarga aynan o'xshash aktivlarni realizatsiya qilishdan (ularning chiqib ketishidan) olingan daromadlar hisobidan kompensatsiya qilinadi.
Ishonchli boshqaruv shartnomasi bo'yicha ko'rilgan zararlar ishonchli boshqaruv muassisining soliq bazasini belgilashda hisobga olinmaydi. Bunday zararlar ushbu ishonchli boshqaruvning kelgusidagi daromadlariga o'tkaziladi.
Oddiy shirkat shartnomasida (birgalikdagi faoliyat to'g'risidagi shartnomada) ishtirok etishdan sheriklarning (ishtirokchilarning) olgan zarari ishonchli shaxsda ushbu oddiy shirkat oladigan kelgusi daromadlarga o'tkaziladi.
Xizmat ko'rsatuvchi xo'jaliklardan ko'rilgan zararlar birgalikda aniqlanadi va tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan soliq bazasini aniqlashda hisobga olinmaydi. Bunday zararlar shu xizmat ko'rsatuvchi xo'jaliklardan olinadigan kelgusi daromadlarga o'tkaziladi.
Muomalada bo'lmagan qimmatli qog'ozlar va muddatli bitimlarning muomalada bo'lmagan moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo'yicha zararlar alohida aniqlanadi va xuddi shunday operatsiyalardan olingan daromadlar hisobidan har bir soliq bazasi doirasida kompensatsiya qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
336-modda. Operatsiyalarning ayrim turlari bo'yicha zararlarni o'tkazishning o'ziga xos xususiyatlari
(336-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 29 декабрдаги ЎРҚ-741-сонли Қонунига асосан ўз кучини йўқотган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2021 й., 03/21/741/1219-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.