Soliq kodeksi

302-modda. Xizmat ko'rsatuvchi xo'jaliklardan olingan daromadlar

Xizmat ko'rsatuvchi xo'jaliklar deganda faoliyati soliq to'lovchining asosiy faoliyatiga xizmat ko'rsatishga qaratilgan va soliq to'lovchining asosiy faoliyati doirasida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish bilan bog'liq bo'lmagan xo'jaliklar tushuniladi. Xizmat ko'rsatuvchi xo'jaliklar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) yordamchi xo'jaliklar; 2) uy-joy-kommunal xo'jaligi ob'yektlari: uy-joy fondi, mehmonxonalar (turistik mehmonxonalar bundan mustasno), tashrif buyuruvchilar uchun uylar va yotoqxonalar, tashqi obodonlashtirish ob'yektlari, sun'iy inshootlar, cho'milish havzalari, plyajlarning inshootlari hamda asbob-uskunalari, aholini gaz, issiqlik va elektr bilan ta'minlash ob'yektlari, uy-joy-kommunal xo'jaligi ob'yektlariga texnik xizmat ko'rsatish hamda ularni ta'mirlash uchun mo'ljallangan uchastkalar, tsexlar, bazalar, ustaxonalar, garajlar, maxsus mashinalar va mexanizmlar, omborxonalar; 3) ijtimoiy-madaniy soha ob'yektlari: sog'liqni saqlash va madaniyat ob'yektlari, bolalar maktabgacha ta'lim ob'yektlari, bolalarning dam olish oromgohlari, sanatoriylar (profilaktoriylar), dam olish bazalari, pansionatlar, jismoniy tarbiya va sport ob'yektlari, aholiga maishiy xizmat ko'rsatish sohasining ishlab chiqarishga oid bo'lmagan ob'yektlari (hammomlar, saunalar, kirxonalar, tikuvchilik ustaxonalari hamda maishiy xizmatlar ko'rsatuvchi boshqa ustaxonalar); 4) o'z xodimlariga yoki o'zga shaxslarga xizmatlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi umumiy ovqatlanish punktlari, o'quv kombinatlari va shunga o'xshash boshqa xo'jaliklar, ishlab chiqarishlar hamda xizmatlar. Xizmat ko'rsatuvchi xo'jaliklardan olingan daromadlar xizmat ko'rsatuvchi xo'jaliklar tomonidan tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan mablag'larning summasi bilan xizmat ko'rsatuvchi xo'jaliklarning umumiy faoliyatiga bog'liq xarajatlarning summasi o'rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi. Ushbu bo'limga muvofiq chegirib tashlanishi lozim bo'lgan xarajatlar xizmat ko'rsatuvchi xo'jaliklarning faoliyati bilan bog'liq xarajatlar deb e'tirof etiladi. Chegirib tashlanadigan xarajatlarning daromadlardan ortib ketishi xizmat ko'rsatuvchi xo'jaliklardan ko'rilgan zarar deb e'tirof etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.