Soliq kodeksi

275-modda. Birgalikdagi faoliyat, ishonchli boshqaruv yoki kontsessiya bitimi doirasida operatsiyalarni amalga oshirishda soliqni hisoblab chiqarish va to'lashning o'ziga xos xususiyatlari

(275-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Agar oddiy shirkat shartnomasining (birgalikdagi faoliyat to'g'risidagi shartnomaning) ishtirokchilaridan hech bo'lmaganda bittasi O'zbekiston Respublikasining soliq rezidenti bo'lgan O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor bo'lsa, soliq solish maqsadida birgalikdagi faoliyat doirasida amalga oshiriladigan hamda ushbu Kodeksning 239-moddasiga muvofiq soliq solinishi lozim bo'lgan operatsiyalarning umumiy hisobini yuritish shunday ishtirokchi (bundan buyon ushbu moddada ishonchli shaxs deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirilishi kerak. Mazkur qoida oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat to'g'risidagi shartnomaga) muvofiq shirkat ishlarini yuritish kimning zimmasiga yuklatilganligidan qat'i nazar, qo'llaniladi. Oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat to'g'risidagi shartnomaga) kontsessiya bitimiga yoki mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq operatsiyalarni amalga oshirishda shirkatning ishonchli shaxsi, kontsessioner yoki ishonchli boshqaruvchi zimmasiga soliq to'lovchining ushbu bo'limda belgilangan majburiyatlari yuklatiladi. Oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat to'g'risidagi shartnomaga) kontsessiya bitimiga yoki mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda shirkatning ishonchli shaxsi, kontsessioner yoki ishonchli boshqaruvchi soliq to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli hisobvaraq-fakturalarni taqdim etishi shart. Soliq solinishi lozim bo'lgan tovarlarni (xizmatlarni) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to'g'risidagi shartnoma) doirasida ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish uchun olinadigan tovarlar (xizmatlar) bo'yicha soliqni hisobga olish imkoniyati faqat shirkatning ishonchli shaxsiga, basharti sotuvchilar tomonidan ushbu shaxsga soliq to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar mavjud bo'lsa, beriladi. Shirkatning ishonchli shaxsi tomonidan boshqa faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat to'g'risidagi shartnomaga) muvofiq operatsiyalarni amalga oshirish chog'ida foydalaniladigan va ushbu shaxs tomonidan o'zining boshqa faoliyati amalga oshirilganda foydalaniladigan tovarlarning (xizmatlarning) alohida-alohida hisobi mavjud bo'lganda, soliq summalarini hisobga olishga bo'lgan huquq yuzaga keladi. Soliqni hisobga olishga oid qism bo'yicha xuddi shunday qoidalar kontsessiya bitimiga yoki mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladigan operatsiyalarga nisbatan belgilanadi. Shirkatning soliq hisobini yuritish uchun mas'ul bo'lgan ishonchli shaxsi, kontsessioner, ishonchli boshqaruvchi oddiy shirkat shartnomasini (birgalikdagi faoliyat to'g'risidagi shartnomani) kontsessiya bitimini, mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini bajarish jarayonida amalga oshirilgan operatsiyalarning hisobini har bir ko'rsatib o'tilgan shartnoma bo'yicha alohida-alohida yuritadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.