Soliq kodeksi

272-modda. To'lanishi lozim bo'lgan soliq summasi

(272-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Byudjetga to'lanishi lozim bo'lgan soliq summasi har bir soliq davri yakunlari bo'yicha, ushbu Kodeksning 265-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan, ushbu bobga muvofiq hisobga olinishi va tuzatish kiritilishi lozim bo'lgan summalar hisobga olingan holda hisoblab chiqariladi. O'zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chog'idagi soliq summasi bojxona to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq byudjetga to'lanadi. Agar ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan, byudjetga to'lanishi lozim bo'lgan soliq summasi salbiy bo'lsa, soliq to'lovchi mazkur summaning o'rnini ushbu Kodeksning 274-moddasida belgilangan tartibda qoplash huquqiga ega bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.