Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi to'langan soliqni qoplash (qaytarish) yo'li bilan nol darajali stavkasi bo'yicha tortiladi, agar ushbu tovarlar (xizmatlar) quyidagicha olinsa:
1) chet el diplomatik vakolatxonalarining va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalar diplomatik va ma'muriy-texnik xodimlarining (shu jumladan ular bilan birga yashaydigan oila a'zolarining) shaxsiy foydalanishi uchun;
2) Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida tovarlarni (xizmatlarni) sotib olayotgan soliq to'lovchilar tomonidan, agar bitimda nol darajali stavka qo'llanilishi nazarda tutilgan bo'lsa.
Agar tegishli chet davlatning qonunchiligida O'zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga, ushbu vakolatxonalarning diplomatik hamda ma'muriy-texnik xodimlariga (shu jumladan ular bilan birga yashaydigan oila a'zolariga) nisbatan xuddi shunday tartib belgilangan bo'lsa yoxud bunday norma O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan bo'lsa, nol darajali stavkani qo'llash ushbu moddaning birinchi qismi 1-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Nol darajali stavka qimmatbaho metallarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan qimmatbaho metallarni olish bo'yicha vakolatli organga realizatsiya qilinadigan bunday metallarga nisbatan qo'llaniladi.
Qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan hamda O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Soliq qo'mitasi tomonidan tasdiqlanadigan qishloq xo'jaligi mahsulotlari (bundan paxta va g'alla mustasno) ro'yxatiga kiritilgan tovarlarni realizatsiya qilish aylanmasiga nisbatan nol darajali stavkada soliq solinadi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
264-modda. Ayrim hollarda nol darajali stavkaning qo'llanilishi
(264-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонунига асосан тўртинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.