Mol-mulk moliyaviy ijaraga (lizingga) berilgan taqdirda, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) soliq bazasi barcha davriy ijara (lizing) to'lovlari summasi (shu jumladan, qaytarib sotib olish summasi, agar shartnomada shunday summa nazarda tutilgan bo'lsa) sifatida, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) foiz hisobidagi daromadi chegirib tashlangan va soliq hisobga olinmagan holda aniqlanadi.
Ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasining shartlari bajarilmaganligi sababli moliyaviy ijara (lizing) ob'yekti qaytarilgan taqdirda, soliq bazasi ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan ob'yekt qaytarilgan sanada bunday ob'yekt uchun o'zi to'lamagan ijara (lizing) to'lovlarining summasi miqdorida foiz hisobidagi xarajat chegirib tashlangan va soliq hisobga olinmagan holda aniqlanadi.
Ushbu Kodeksning 246-moddasiga muvofiq soliq solishdan ozod etilgan, olib kirilgan texnologik asbob-uskunalar moliyaviy ijaraga (lizingga) berilganda soliq bazasi mazkur asbob-uskunalarni sotib olish narxi va realizatsiya qilish narxi o'rtasidagi ijobiy farqdan kelib chiqib aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
249-modda. Moliyaviy ijara (lizing) shartnomalari bo'yicha operatsiyalar amalga oshirilganda soliq bazasini aniqlashning o'ziga xos xususiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.