Fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o'lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta'minlash bo'yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish, shuningdek tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish —
realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning ikki foizi miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik jarima qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo'lsa, —
realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
227¹-modda. Fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o'lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta'minlash bo'yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni, shuningdek tovarlarni (mahsulotlarni) identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish
(227¹-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 29 майдаги ЎРҚ-927-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.05.2024 й., 03/24/927/0379-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.