Qo'shilgan qiymat solig'ining soliq to'lovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qo'yishning belgilangan tartibi soliq to'lovchi tomonidan buzilganda, —
soliq to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hisobga qo'yish sanasidan haqiqatda hisobga qo'yilgan sanagacha bo'lgan davrda olgan daromadining besh foizi miqdorida, lekin besh million so'mdan kam bo'lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismi qoidalari 2026 yil 1 yanvardan boshlab ilk marta aylanmadan olinadigan soliqni to'lashdan qo'shilgan qiymat solig'ini va foyda solig'ini to'lashga o'tgan soliq to'lovchilarga nisbatan ular qo'shilgan qiymat solig'ini to'lovchi sifatida ro'yxatdan o'tish majburiyati yuzaga kelgan muddatdan e'tiboran bir yil ichida ro'yxatdan o'tgan hollarda tatbiq etilmaydi.
Ushbu Kodeksning 131-moddasida nazarda tutilgan hollarda soliq solish ob'yekti bo'yicha soliq organlarida hisobga qo'yish muddatlari buzilganda, agar hisobga qo'yishning belgilangan muddatidan o'tishi:
o'ttiz kundan ko'p bo'lmaganda, — bir million so'm miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi;
o'ttiz kundan ko'p bo'lganda, — ikki million so'm miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Chet el yuridik shaxsi tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy muassasasini tashkil etishga olib keluvchi faoliyatning soliq organida hisobga qo'ymasdan amalga oshirilishi —
bunday faoliyatni amalga oshirish boshlangandan haqiqatda hisobga qo'yilgan sanagacha bo'lgan davrda olingan daromaddan o'n foiz miqdorida, lekin o'n million so'mdan kam bo'lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tmasdan amalga oshirish, —
bunday faoliyatdan olingan daromadlarning o'n foizi miqdorida, lekin bir million so'mdan kam bo'lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
219-modda. Soliq organida hisobga qo'yish tartibini buzish
(219-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.