Soliq to'lovchilar, soliq agentlari va vakolatli organlar soliq munosabatlarining sub'yektlaridir.
Soliq organlari, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, hujjatlarni elektron hujjat tarzida soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga yuboradi. Yuborilgan hujjatlar soliq to'lovchi tomonidan o'qib chiqilganidan keyin, lekin ushbu hujjat jo'natilgan sanadan e'tiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.
Agar soliq to'lovchida soliq to'lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo'lmasa, hujjatlar buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi va ular jo'natilganidan so'ng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Hujjatlar soliq to'lovchiga yoki uning vakiliga shaxsan mazkur hujjatlar olingan sana ko'rsatilgan holda imzo qo'ydirib topshirilishi mumkin.
Soliq to'lovchilar, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq organlariga hujjatlarni mazkur moddaning ikkinchi — to'rtinchi qismlarida ko'rsatilganiga o'xshash tartibda yuboradi. Bunda ushbu hujjatlar soliq organlariga soliq to'lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilganda — jo'natilgan kun, pochta orqali yuborilganda besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Soliq munosabatlarida foydalaniladigan elektron hujjatlarda hujjatni imzolagan shaxsning roziligini ifodalaydigan hamda mazkur shaxsni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari orqali elektron hujjatni tasdiqlash ham elektron raqamli imzoga tenglashtiriladi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hujjatlarning, elektron hujjat aylanishini ta'minlash uchun zarur bo'lgan hujjatlarning shakllari, mazkur hujjatlarning shakllarini to'ldirish tartibi, bunday hujjatlarni qog'ozda yoki telekommunikatsiya kanallari orqali elektron shaklda yoxud soliq to'lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborish hamda olish tartibi O'zbekiston Respublikasi Soliq qo'mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
19-modda. Soliq munosabatlarining sub'yektlari va hujjatlar almashish tartibi
(19-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 26 июндаги ЎРҚ-1071-сонли Қонунига асосан олтинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.06.2025 й., 03/25/1071/0545-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.