Soliq kodeksi

166-modda. Soliqqa oid huquqbuzarliklar to'g'risidagi materiallar bo'yicha qaror qabul qilish

(166-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 20 февралдаги ЎРҚ-910-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.02.2024 й., 03/24/910/0140-сон)

Soliq organining rahbari (rahbar o'rinbosari) dalolatnomani hamda unga ilova qilingan hujjatlar va materiallarni ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan tartibda ko'rib chiqish natijalariga ko'ra quyidagilarni nazarda tutuvchi qarorni qabul qiladi: 1) soliqlar va penyalarni qo'shib hisoblashni yoki buni rad etishni; 2) soliq to'lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishni yoki buni rad etishni. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan qaror dalolatnoma ko'rib chiqilganidan keyin besh kun ichida qabul qilinadi. Shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish to'g'risidagi qarorda sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari bayon etiladi, mazkur holatlarni, javobgarlikka tortilayotgan shaxs tomonidan o'z himoyasi uchun keltirilayotgan vajlarni tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa ma'lumotlar hamda ushbu vajlarni tekshirish natijalari ko'rsatiladi. Shuningdek qarorda ushbu Kodeksning shu qoidabuzarliklarni nazarda tutuvchi moddalari va qo'llaniladigan javobgarlik choralari ko'rsatiladi. Shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish to'g'risidagi qarorda o'ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs shu qaror ustidan qaysi muddat ichida shikoyat qilishga haqli bo'lsa, o'sha muddat va qaror ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilish tartibi ko'rsatiladi. Soliq to'g'risidagi qonunchilikning qaysi aniqlangan buzilishlari uchun shaxslar ma'muriy javobgarlikka tortilishi lozim bo'lsa, o'sha qoidabuzarliklar bo'yicha soliq organining vakolatli mansabdor shaxsi ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzadi. Ushbu huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish va ularni sodir etganlikda aybdor shaxslarga nisbatan ma'muriy jazoni qo'llash soliq organlari tomonidan ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.