Soliq kodeksi

163-modda. Shikoyat qilinganda soliq organlari qarorlarini ijro etish

Soliq tekshiruvi natijalari bo'yicha qabul qilingan soliq organining qarori ustidan shikoyat qilinganda, bunday qaror yuqori turuvchi soliq organi tomonidan bekor qilinmagan va ustidan shikoyat qilinmagan qismi bo'yicha shikoyat yuzasidan yuqori turuvchi soliq organi tomonidan qaror qabul qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi. Agar shikoyatni ko'rib chiqadigan yuqori turuvchi soliq organi quyi soliq organining qarorini bekor qilsa va yangi qaror qabul qilsa, yuqori turuvchi soliq organining bunday qarori u qabul qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi. Agar yuqori turuvchi soliq organi shikoyatni ko'rib chiqmasdan qoldirsa, quyi soliq organining qarori yuqori turuvchi soliq organi tomonidan ushbu shikoyatni ko'rib chiqmasdan qoldirish to'g'risida qaror qabul qilingan kundan e'tiboran, lekin mazkur shikoyatni berish muddati tugamasdan kuchga kiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.