Soliq kodeksi

157-modda. Soliqqa oid huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish tartibi

(157-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)

Soliq auditi, sayyor soliq tekshiruvi yoki qo'zg'atilgan jinoyat ishi doirasida o'tkazilgan taftish natijasida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar ushbu Kodeksning 158 va 159-moddalarida nazarda tutilgan tartibda ko'rib chiqiladi. Mazkur ko'rib chiqish tartibi ushbu Kodeksning 223 yoki 224-moddalarida nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarliklarga nisbatan ham qo'llaniladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan, soliq tekshiruvi va (yoki) soliq nazoratining boshqa tadbirlari natijasida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar, agar ushbu Kodeksning 159¹-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, ushbu Kodeksning 165 va 166-moddalarida nazarda tutilgan tartibda ko'rib chiqiladi. Soliq organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ushbu Kodeksda belgilangan talablarga rioya etmaslik yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan soliq organining qarorini bekor qilish uchun asos bo'lishi mumkin. Soliq tekshiruvi materiallarini ko'rib chiqish tartib-taomilining muhim shartlarini buzish yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish va (yoki) soliq summalarini qo'shib hisoblash to'g'risidagi qarorini bekor qilish uchun asos bo'ladi. Bunday muhim shartlar jumlasiga o'ziga nisbatan soliq tekshiruvi o'tkazilgan shaxsning soliq tekshiruvi materiallarini ko'rib chiqish jarayonida shaxsan va (yoki) o'z vakili orqali ishtirok etish imkoniyatini ta'minlash hamda soliq to'lovchining tushuntirishlar berish imkonini ta'minlash kiradi. Soliq tekshiruvi materiallarini ko'rib chiqish tartib-taomilining boshqacha buzilishlari ham, agar bunday qoidabuzarliklar soliq organi rahbari (rahbar o'rinbosari) tomonidan g'ayriqonuniy qaror qabul qilishga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo'lsa, yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan soliq organining qarorini bekor qilish uchun asos bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.