Soliq organining soliq tekshiruvini o'tkazuvchi mansabdor shaxslari tekshiruvning to'liqligi uchun ahamiyatga ega bo'lgan holatlarni aniqlashtirish maqsadida tekshirilayotgan shaxsning hududlari va binolarini, shuningdek hujjatlar va buyumlarni ko'zdan kechirishni amalga oshirishga haqli.
Agar hujjatlar va buyumlar soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan soliq nazoratini amalga oshirish yuzasidan ilgari bajarilgan harakatlar natijasida yoki ushbu buyumlar egasi ularni ko'zdan kechirishni amalga oshirishga rozi bo'lgan taqdirda olingan bo'lsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan hollarda hujjatlar va buyumlarni ko'zdan kechirishga yo'l qo'yiladi.
Ko'zdan kechirish videotasvirga olingan holda amalga oshiriladi, bunday imkoniyat mavjud bo'lmaganda esa — xolislar ishtirokida amalga oshiriladi.
Ko'zdan kechirish o'tkazilayotganda tekshirilayotgan shaxs yoki uning vakili, shuningdek mutaxassislar ishtirok etishga haqlidir.
Zarur bo'lgan hollarda, ko'zdan kechirish chog'ida fotosuratga olish va videoyozuvga tushirish amalga oshiriladi, hujjatlardan ko'chirma nusxalar olinadi yoki ko'zdan kechirish bilan bog'liq boshqa harakatlar bajariladi.
Ko'zdan kechirish o'tkazilganligi to'g'risida bayonnoma tuziladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
145-modda. Hududni va binolarni ko'zdan kechirish
(145-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 11 мартдаги ЎРҚ-758-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.03.2022 й., 03/22/758/0207-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.