Soliq kodeksi

131-modda. Soliq to'lovchilarni soliq solish ob'yekti bo'yicha hisobga qo'yish

(131-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 13 апрелдаги ЎРҚ-1128-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 13.04.2026 й., 03/26/1128/0349-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 14 июль)

Soliq to'lovchini hisobga qo'yish soliq solish ob'yekti joylashgan yerdagi soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi. Soliq to'lovchini ob'yektlar bo'yicha hisobga qo'yish u ushbu Kodeksning 129-moddasida belgilangan tartibda hisobga qo'yilganidan keyin, agar ushbu Kodeksga muvofiq soliq to'lovchida soliq to'lovchi sifatida hisobga olinmagan joydagi yer solig'i, mol-mulk solig'i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va (yoki) noruda qazilma boyliklari bo'yicha yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq to'lash majburiyati yuzaga kelgan bo'lsa, amalga oshiriladi. Hisobga qo'yilmagan joyda yer solig'ini, mol-mulk solig'ini yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to'lash majburiyati o'zida yuzaga kelgan soliq to'lovchi mazkur majburiyat yuzaga kelgan kundan e'tiboran o'n kun ichida soliq solish ob'yektlarini ular joylashgan yerda hisobga qo'yish uchun davlat soliq xizmati organlariga qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilishi kerak, bundan ushbu Kodeks 133-moddasining uchinchi va oltinchi qismlariga muvofiq soliq organlariga bunday ma'lumotlarni taqdim etish organlar, muassasalar va tashkilotlarning majburiyati bo'lgan hollar mustasno. Hisobga olinishi davlat soliq xizmati organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladigan soliq solinadigan ob'yektlar bo'yicha mol-mulk solig'i va yer solig'i to'lovchisi bo'lgan jismoniy shaxslarga nisbatan ushbu moddaning uchinchi qismida ko'rsatilgan majburiyat tatbiq etilmaydi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan majburiyat, shuningdek: benzin, dizel yoqilg'isi va gazni oxirgi iste'molchiga realizatsiya qilishda to'lanadigan aktsiz solig'ining soliq to'lovchilariga; hududiy alohida bo'linma joylashgan yeri bo'yicha xodimlar soni yigirma besh kishidan ko'p bo'lgan doimiy ish joyi yaratgan soliq agentiga tatbiq etiladi. Ushbu modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko'rsatilgan soliq to'lovchi aktsizosti mahsulotni realizatsiya qilish boshlangan paytdan boshlab o'n kun ichida avtomobillarga yoqilg'i quyish shoxobchasi joylashgan yerdagi soliq organiga aktsiz solig'i soliq to'lovchisi sifatida hisobga qo'yish uchun murojaat qilishi shart. Ushbu modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisida ko'rsatilgan soliq agenti alohida bo'linma tashkil etilgan paytdan bir oy o'tganidan keyin o'n kun ichida alohida bo'linma joylashgan yerdagi soliq organiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i to'lovchi soliq agenti sifatida hisobga qo'yish uchun murojaat qilishi shart. Soliq organi soliq to'lovchiga ilgari berilgan soliq to'lovchining identifikatsiya raqamiga muvofiq uni murojaat qilgan kunidan e'tiboran uch ish kunidan kechiktirmay ob'yektning joylashgan yeri bo'yicha hisobga oladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.