Soliq kodeksi

116-modda. Soliq qarzini uzish to'g'risidagi talabnoma

(116-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Soliq to'lovchiga uning zimmasidagi soliq qarzi summasi to'g'risida, shuningdek shu qarz summasini belgilangan muddatda to'lash majburiyati haqida xabar yuborish soliq qarzini uzish to'g'risidagi talabnomadir. Soliq qarzini uzish to'g'risidagi talabnoma soliq to'lovchi bo'lgan yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga tadbirkorlik faoliyati bo'yicha unda ushbu Kodeksning 100-moddasida nazarda tutilgan soliq qarzi yoki foizlar mavjud bo'lgan taqdirda yuboriladi. Soliq to'lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo'yicha foyda solig'iga doir soliq qarzini uzish to'g'risidagi talabnoma ushbu soliq to'lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas'ul ishtirokchisiga yuboriladi. Soliq qarzini uzish to'g'risidagi talabnoma soliq to'lovchiga soliq haqidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikka tortilishidan qat'i nazar yuboriladi. Soliq qarzini uzish to'g'risidagi talabnomada soliq bo'yicha qarz summasi, talabnoma yuborilayotgan paytga hisoblangan penyalar miqdori, jarimalar summasi, shuningdek soliq to'lovchi talablarni bajarmagan taqdirda, soliq qarzini undirish va soliq majburiyati bajarilishini ta'minlash bo'yicha ko'riladigan choralar haqidagi ma'lumotlar ko'rsatilishi kerak. Soliq qarzini uzish to'g'risidagi talabnomaning shakli O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu bobda nazarda tutilgan qoidalar soliq agentlariga yuboriladigan talabnomalarga ham tatbiq etiladi. Ushbu Kodeksning 120-moddasi sakkizinchi — o'ninchi qismlarida va 122-moddasida nazarda tutilgan hollarda soliq to'lovchining soliq qarzini uzish to'g'risidagi talabnoma boshqa shaxslarga yuborilishi mumkin. Bunday hollarda ushbu bobda nazarda tutilgan barcha qoidalar mazkur shaxslarga yuborilgan soliq qarzini uzish to'g'risidagi talabnomalarga ham tatbiq etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.