Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda soliqlarni to'lash majburiyati mol-mulk garovi bilan ta'minlanishi mumkin.
Mol-mulk garovi soliq organi va garovga qo'yuvchi o'rtasidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Soliq to'lovchining o'zi yoki uchinchi shaxs garovga qo'yuvchi bo'lishi mumkin.
Soliq to'lovchi tegishli soliq summalarini va tegishli penyalarni to'lash bo'yicha majburiyatini bajarmagan taqdirda, soliq organi ushbu majburiyatning garovga qo'yilgan mol-mulk qiymati hisobidan bajarilishini fuqarolik to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Fuqarolik qonunchiligiga muvofiq o'ziga nisbatan garov belgilanishi mumkin bo'lgan mol-mulk, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, garov predmeti bo'lishi mumkin.
Boshqa shartnoma bo'yicha garov predmeti soliq organi va garovga qo'yuvchi o'rtasidagi shartnoma bo'yicha garov predmeti bo'lishi mumkin emas.
Garov chog'ida mol-mulk garovga qo'yuvchida qolishi yoxud garovga qo'yuvchining mablag'lari hisobiga soliq organiga (garovga oluvchiga), garovga qo'yilgan mol-mulkning but saqlanishini ta'minlash majburiyati unga yuklangan holda, topshirilishi mumkin.
Garovga qo'yilgan mol-mulkka nisbatan biron-bir bitimni, shu jumladan soliq qarzi summalarini uzish maqsadida bitimlarni tuzish faqat garovga oluvchi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Soliq majburiyatining bajarilishini ta'minlash usuli sifatida garov belgilashda yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarga nisbatan, agar soliq to'g'risidagi qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, fuqarolik qonunchiligining qoidalari qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
107-modda. Mol-mulk garovi
(107-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.