Градостроительный кодекс

21-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari

(21-модда биринчи қисмининг ўн биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari o'z vakolatlari doirasida: shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, shuningdek shaharsozlik faoliyati ob'yektlarining but saqlanishini ta'minlaydi; shaharlar hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichlari va istiqboldagi urbanizatsiya jarayonlari asosida aholini oqilona joylashtirish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalarini hal qiladi; mahalliy ahamiyatga molik ob'yektlarni qurishga doir shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo'yicha buyurtmachi vazifalarini bajaradi va bu ob'yektlarning moliyalashtirilishini ta'minlaydi; o'z hududidagi shaharsozlik faoliyatini, agar bu faoliyat shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga mos kelmasa, cheklaydi, to'xtatib turadi yoki taqiqlaydi. Tadbirkorlik sub'yektlarining shaharsozlik faoliyatini cheklash, to'xtatib turish va taqiqlash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog'lig'i uchun boshqa real tahdid yuzaga kelishining oldini olish bilan bog'liq holda faoliyatni o'n ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatga cheklash, to'xtatib turish hollari mustasno; reklama va axborot ob'yektlarini (konstruktsiyalarini) joylashtirish masalalariga doir shaharsozlik faoliyatini nazorat qiladi hamda rejalashtiradi, shu jumladan reklama va axborot ob'yektlari (konstruktsiyalari) qurilishi uchun ajratiladigan yer uchastkalari ro'yxatini shakllantiradi, ularni pasportlashtirishni amalga oshiradi; aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqishni tashkil etadi va ularning jamoatchilik muhokamasini ta'minlaydi; qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini, aholi punktlari hududlarining qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini (bundan buyon matnda batafsil rejalashtirish loyihasi deb yuritiladi) hamda mavzelarni, kichik dahalarni va aholi punktlari rejalashtirilgan tuzilmasining elementlarini qurish loyihalarini (bundan buyon matnda qurish loyihasi deb yuritiladi) tasdiqlash uchun tegishli hokimiyat vakillik organlariga kiritadi; viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlari, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, shuningdek obodonlashtirish tarhlari va loyihalari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etadi; tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini tasdiqlash uchun tegishli vakillik organlariga kiritadi; mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob'yektlarining chegaralarini hamda tegishli ob'yektlar hududlarida shaharsozlik faoliyatini tartibga solish tartibotini tasdiqlash uchun tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organiga kiritadi; aholi punktlarini qurish qoidalari loyihalarini tasdiqlash uchun tegishli hokimiyat vakillik organlariga kiritadi; aholi punktlari shaharsozlik hujjatlarining, shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ishlab chiqilishi va moliyalashtirilishini, davlat shaharsozlik kadastri, shaharsozlik faoliyati ob'yektlarining monitoringi yuritilishini, kompleks muhandislik qidiruvlari o'tkazilishini, aholi punktlarini mikroseysmik hududlashtirish xaritalari tuzilishini, shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borilishini va bu hujjatlarning ekspertizadan o'tkazilishini ta'minlaydi; shaharsozlik faoliyati sohasida qabul qilinayotgan qarorlar to'g'risida aholini muntazam ravishda xabardor qiladi; o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buzib tashlanishini tashkil etadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.