Aholi punktlari shaharlarga, shaharchalarga, qishloqlar va ovullarga bo'linadi.
Aholining soniga qarab shaharlar quyidagilarga bo'linadi:
eng yirik — aholisining soni bir milliondan ortiq kishidan iborat;
yirik — aholisining soni ikki yuz ellik mingdan bir milliongacha kishidan iborat;
katta — aholisining soni yuz mingdan ikki yuz ellik minggacha kishidan iborat;
o'rtacha — aholisining soni ellik mingdan yuz minggacha kishidan iborat;
kichik — aholisining soni ellik minggacha kishidan iborat bo'lgan shaharlar.
Aholining soniga qarab shaharchalar quyidagilarga bo'linadi:
katta — aholisining soni yigirma mingdan ortiq kishidan iborat;
o'rtacha — aholisining soni o'n mingdan yigirma minggacha kishidan iborat;
kichik — aholisining soni o'n minggacha kishidan iborat bo'lgan shaharchalar.
Aholining soniga qarab qishloqlar va ovullar quyidagilarga bo'linadi:
yirik — aholisining soni besh mingdan ortiq kishidan iborat;
katta — aholisining soni uch mingdan besh minggacha kishidan iborat;
o'rtacha — aholisining soni bir mingdan uch minggacha kishidan iborat;
kichik — aholisining soni bir minggacha kishidan iborat bo'lgan qishloqlar va ovullar.
Vaqtinchalik ahamiyatga molik va aholi tarkibi doimiy bo'lmagan hamda iqtisodiyot tegishli tarmog'ining xizmat maqsadidagi ob'yektlari bo'lgan binolar va inshootlarning guruhlari (vaxta usulida ishlovchi neftchilar, gazchilar, izlanuvchilarning shaharchalari hamda uylari), shuningdek yakka uylar (temir yo'l nazoratchilarining, o'rmonchilarning uylari, dala shiyponlari va boshqalar) ushbu binolar va inshootlar ma'muriy, ishlab chiqarish yoki hududiy munosabatlarda shaharsozlik faoliyatining qaysi tegishli sub'yektlari bilan bog'liq bo'lsa, o'sha sub'yektlar tasarrufida bo'ladi.
Aholi punktining turiga qarab shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlarida shaharsozlik hujjatlarining tarkibi, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi belgilanadi.
Yangi aholi punktlarini joylashtirish hamda mavjudlarini rivojlantirish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy va investitsiyaviy rivojlantirishning uzoq muddatli prognozlariga, O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhiga, hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish tarhlariga hamda tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalariga, aholi punktlari hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish va qurish to'g'risidagi shaharsozlik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Aholi punktlarini tashkil etish hamda qayta tashkil etish, ularning maqomi va chegaralarini o'zgartirish tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Aholi punktlari chegaralaridagi yerlar aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga, shaharsozlik va yer to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ulardan foydalanishning tartibga solinishini amalga oshiruvchi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tasarrufida bo'ladi.
Aholi punktlarining yerlaridan foydalanish shartlari va tartibiga doir shaharsozlik talablari shaharsozlik to'g'risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn12-modda. Aholi punktlarining turlari
(12-модданинг тўққизинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.