«Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonun

7-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi vakolatlari

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: shaxsga doir ma'lumotlar sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlaydi; shaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi; Shaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish tartibini belgilaydi; shaxsga doir ma'lumotlar bazalarini Shaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reyestrida ro'yxatdan o'tkazish tartibini tasdiqlaydi; davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining shaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga asosan: shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berilayotganda ushbu ma'lumotlarning xavfsizligiga bo'lgan tahdidlarga qarab, ularning himoya qilinganlik darajasini; shaxsga doir ma'lumotlar himoyasini ta'minlashga oid bo'lgan, bajarilishi shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish chog'ida ularning belgilangan himoya qilinganlik darajasini ta'minlaydigan talablarni; biometrik va genetik ma'lumotlar mavjud bo'lgan moddiy jismlarga hamda bunday ma'lumotlarni shaxsga doir ma'lumotlardan tashqarida saqlash texnologiyalariga oid talablarni belgilaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.