«Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonun

31-modda. Mulkdorning va (yoki) operatorning huquq va majburiyatlari

(31-модда иккинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Mulkdor va (yoki) operator shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishni amalga oshirish huquqiga ega. Mulkdor va (yoki) operator: shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risidagi qonunchilikka rioya etishi; sub'yektning murojaatiga ko'ra uning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etishi; o'zi vazifalarini bajarish uchun zarur va yetarli bo'lgan shaxsga doir ma'lumotlar tarkibini tasdiqlashi; shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishdan ko'zlangan maqsadga erishilgan taqdirda, shuningdek ushbu Qonunda belgilangan boshqa hollarda ularni yo'q qilish choralarini ko'rishi; qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda sub'yektning o'z shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish uchun roziligi olinganligi dalilini taqdim etishi; basharti yangi ma'lumotlarning ishonchliligi hujjatlar bilan tasdiqlansa, shaxsga doir ma'lumotlarni o'zgartirishi va (yoki) to'ldirishi yoxud bunday o'zgartirish va (yoki) to'ldirishni kiritish imkoni bo'lmagan taqdirda bu ma'lumotlarni yo'q qilishi; shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish shartlari buzilganligi to'g'risida axborot mavjud bo'lgan taqdirda, ularga ishlov berishni vaqtincha to'xtatishi yoki ularni yo'q qilishi; sub'yektning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishni vaqtincha to'xtatish va (yoki) ularni yo'q qilish uchun sub'yekt tomonidan hujjatlarni elektron tarzda berish imkoniyatini ta'minlashi; shaxsga doir ma'lumotlar o'zgartirilgan, yo'q qilingan va ulardan foydalanish cheklangan hollarda sub'yektni, shuningdek shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishning boshqa ishtirokchilarini yozma shaklda xabardor qilishi; shaxsga doir ma'lumotlar uchinchi shaxsga berilgan taqdirda, sub'yektni yozma shaklda xabardor qilishi; o'z mulki bo'lgan va (yoki) ishlov berilayotgan shaxsga doir ma'lumotlar bazalarini ro'yxatdan o'tkazishi; shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha zarur huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko'rishi shart. Mulkdor va (yoki) operator shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishni quyidagi hollarda uchinchi shaxsga topshirishga haqli: sub'yektning yozma shakldagi, shu jumladan elektron hujjat tarzidagi roziligi mavjud bo'lgan taqdirda; agar qaror mulkdor va sub'yekt o'rtasidagi shartnomani ijro etish yoki ilgari tuzilgan shartnoma shartlarini bajarish uchun qabul qilinayotgan bo'lsa; qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda. Mulkdorning va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha majburiyatlari shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish paytidan e'tiboran vujudga keladi va ular yo'q qilib tashlangan yoki egasizlantirilgan paytga qadar amal qiladi. Mulkdor va (yoki) operator shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish bilan bog'liq ishlar uchun mas'ul bo'lgan tarkibiy bo'linmani yoki mansabdor shaxsni belgilaydi hamda uning ishini Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishning namunaviy tartibiga muvofiq ta'minlaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.