«Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonun

15-modda. Shaxsga doir ma'lumotlarni transchegaraviy uzatish

Shaxsga doir ma'lumotlarni mulkdor va (yoki) operator tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga uzatish shaxsga doir ma'lumotlarni transchegaraviy uzatishdir. Shaxsga doir ma'lumotlarni transchegaraviy uzatish shaxsga doir ma'lumotlar sub'yektlarining huquqlari bir xilda himoya qilinishini ta'minlovchi chet davlatlar hududiga amalga oshiriladi. Shaxsga doir ma'lumotlarning bir xilda himoya qilinishini ta'minlamaydigan chet davlatlar hududiga shaxsga doir ma'lumotlarni transchegaraviy uzatish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin: sub'yektning o'z shaxsga doir ma'lumotlarini transchegaraviy uzatish bo'yicha roziligi mavjud bo'lganda; O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, aholining sog'lig'i va ma'naviyatini muhofaza qilish zarur bo'lganda; O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda. Shaxsga doir ma'lumotlarni transchegaraviy uzatish O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini, O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining ma'naviyatini, sog'lig'ini, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat mudofaasini hamda davlat xavfsizligini ta'minlash maqsadida taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.