«Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida»gi qonun

9-modda. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlari

(9-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari o'z vakolatlari doirasida: xo'jalik shartnomalarini tuzishda yordam ko'rsatadi; xo'jalik shartnomalari hamda ularni bajarishning ahvoli to'g'risidagi statistika ma'lumotlarini umumlashtiradi; qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xo'jalik shartnomalarining bajarilish jarayonini nazorat qilib turadi; xo'jalik yurituvchi sub'yektlar yuridik xizmatlarining ishini tashkil etishga, yuridik maslahatchilarning malakasini oshirishga ko'maklashadi; xo'jalik shartnomasini tuzish, bajarish, o'zgartirish va bekor qilish jarayonida qonunchilikning buzilishiga yo'l qo'yilganligi fakti aniqlangan taqdirda, aybdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini qo'yadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.