Marka belgisi qo'yilmagan yoki lozim darajada markirovka qilinmagan tovarlarni, shuningdek idishsiz yoki o'ralmagan tovarlarni yoxud tegishli idishga joylanmagan yoki lozim darajada o'ralmagan tovarlarni yetkazib berganlik uchun yetkazib beruvchi sotib oluvchiga(buyurtmachiga) bunday tovarlar qiymatining 5 foizi miqdorida jarima to'laydi. Tovarlar qabul qilingandan keyin yana jo'natilishi yoki saqlanishi kerak bo'lgan hollarda sotib oluvchi (buyurtmachi) jarima undirishdan tashqari, o'z kuchi bilan, lekin yetkazib beruvchi hisobidan tovarlarni o'rashga va idishlarga joylashga, yoxud bir shahardagi yetkazib beruvchidan tovarlarni o'rab berish yoki idishlarga joylab berishni talab qilishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn«Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida»gi qonun
28-modda. Tovarlarni marka belgisisiz, shuningdek tovarni idishsiz yoki o'ralmagan holda yetkazib berganlik uchun javobgarlik
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.