O'ziga talabnoma bildirilgan xo'jalik yurituvchi sub'yekt talabnomani olgan kundan boshlab o'n besh kunlik muddat ichida unga javob qaytarishi shart.
Talabnomaga javob xo'jalik yurituvchi sub'yekt rahbari yoki rahbarning o'rinbosari tomonidan imzolanadi va muhr bilan (muhr mavjud bo'lgan taqdirda) tasdiqlanadi.
Talabnomaga javob buyurtma yoki qimmatli xat tarzida, telegraf, teletayp orqali, shuningdek talabnoma jo'natilganligini qayd etadigan, qabul qilib oluvchini ogohlantiradigan boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda jo'natiladi yoxud tilxat olib topshiriladi.
Talabnoma to'liq yoki qisman tan olingan taqdirda xo'jalik yurituvchi sub'yekt arz qiluvchiga o'zi tan olgan summani ixtiyoriy ravishda o'tkazadi.
Agar talabnomani tan olish to'g'risidagi javobda tan olingan summa o'tkazilishi haqida ma'lumot bo'lmasa, talabnoma bildirgan taraf javob olingandan so'ng yigirma kun muddat o'tgach, bank muassasasiga qarzdor tan olgan summani so'zsiz tartibda o'tkazish to'g'risidagi farmoyishni taqdim etishga haqli. Farmoyishga qarzdorning javobi ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn«Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida»gi qonun
18-modda. Talabnomani ko'rib chiqish tartibi va muddatlari
(18-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 10 мартдаги ЎРҚ-607-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 11.03.2020 й., 03/20/607/0279-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.