Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, xo'jalik shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq o'zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Xo'jalik shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo'lsa, taraflarning uni o'zgartirish yoki bekor qilish to'g'risidagi kelishuvi ham shunday shaklda amalga oshiriladi.
Xo'jalik shartnomasini bajarishdan bir taraflama bosh tortishga yoki xo'jalik shartnomasining shartlarini bir taraflama o'zgartirishga yo'l qo'yilmaydi, qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Taraflardan birining talabi bilan xo'jalik shartnomasi iqtisodiy sudning qaroriga binoan faqat ikkinchi taraf xo'jalik shartnomasini jiddiy ravishda buzgan yoxud qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Taraflardan birining xo'jalik shartnomasini buzishi ikkinchi tarafga u xo'jalik shartnomasi tuzishda umid qilishga haqli bo'lgan narsadan ko'p darajada mahrum bo'ladigan qilib zarar yetkazishi xo'jalik shartnomasini jiddiy buzish hisoblanadi.
Bir taraf shartnomani o'zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklifda ko'rsatilgan yoxud qonunda yoki shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat bo'lmaganida esa o'ttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin, xo'jalik shartnomasini o'zgartirish yoki bekor qilish to'g'risidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida»gi qonun
15-modda. Xo'jalik shartnomasini o'zgartirish va bekor qilish
(15-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.