Reklama to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik uchun moliyaviy sanktsiyalar quyidagi miqdorlarda pul undirish (jarimalar) tarzida qo'llaniladi:
ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi yoki reklama qilinishi qonunchilikda taqiqlangan yoki cheklangan mahsulot to'g'risida reklama tarqatganlik — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi;
nomaqbul reklama berganlik, aksilreklamani berishni rad etganlik — bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi;
energetik ichimliklar, alkogolli ichimliklar, tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste'mol qilish moslamalari, pirotexnika vositalari, qurol va uning o'q-dorilari, harbiy maqsaddagi mahsulotlar reklamasiga doir talablarni buzganlik, shuningdek tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi;
voyaga yetmaganlar uchun mo'ljallangan reklamaga, dori vositalari, biologik faol va oziq-ovqat qo'shimchalari, shuningdek bolalar oziq-ovqat mahsulotlari reklamasiga doir talablarni buzganlik — bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Reklamaga oid faoliyat sub'yektlari bo'lgan yuridik shaxslar reklama to'g'risidagi qonunchilik sohasidagi aniqlangan huquqbuzarliklardagi aybini tan olgan taqdirda moliyaviy sanktsiyalarni qo'llash vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi, nizo mavjud bo'lgan taqdirda esa moliyaviy sanktsiyalarni qo'llash to'g'risidagi masala sud tartibida hal etiladi.
Moliyaviy sanktsiyalarni qo'llash reklamaga oid faoliyat sub'yektlari bo'lgan yuridik shaxslarni vakolatli davlat organining qarorini yoki ko'rsatmasini bajarish yoxud reklama to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish majburiyatidan ozod etmaydi.
lex.uz’dagi asl matn47-modda. Reklama to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik uchun moliyaviy sanktsiyalar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.