Pivoni, tabiiy va ko'piklanadigan vinolarni reklama qilishga quyidagi hollarda yo'l qo'yiladi:
mehmonxonalarda, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo zallarida, shuningdek bunday mahsulotlarni namoyish qilish va tatib ko'rish joylarida;
pivoni, tabiiy va ko'piklanadigan vinolarni ishlab chiqaruvchilarning hamda realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi shaxslarning Internet jahon axborot tarmog'idagi rasmiy veb-sahifalarida, axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini ko'rsatgan holda;
temir yo'l va havo transporti vositalarida;
televideniye va radio orqali mahalliy vaqt bilan soat 23.00 dan soat 07.00 ga qadar.
Pivoning, tabiiy va ko'piklanadigan vinolarning reklamasi:
bunday mahsulotlarni haddan ziyod iste'mol qilishning zarari haqida reklamaning asosiy maydoni va vaqtining kamida o'n foizini tashkil qiluvchi ogohlantirish hamda ushbu mahsulotni iste'mol qilishi tavsiya etilmaydigan shaxslar to'g'risidagi axborot bilan birga berilishi;
bunday mahsulotlarni iste'mol qilish jarayonlarini namoyish etmasligi, bu jarayonlar ijtimoiy va sportga oid muvaffaqiyatga erishish yoki jismoniy va ruhiy holatni yaxshilash uchun muhim ahamiyatga ega degan taassurotni yuzaga keltirmasligi;
shaxsda ularni iste'mol qilishning zararsizligi haqidagi tasavvurni shakllantiruvchi g'oyalar, qarashlar va badiiy obrazlarni ochiq yoki yashirin shaklda tarqatishga qaratilgan harakatlardan iborat bo'lmasligi;
unda inson obrazidan foydalanilmagan bo'lishi kerak.
Pivoni, tabiiy va ko'piklanadigan vinolarni reklama qilishda:
rag'batlantiruvchi aktsiyalar yoki shunga o'xshash boshqa tadbirlar o'tkazishga;
madaniy-ko'ngilochar, ommaviy va sport tadbirlariga homiylik qilishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn39-modda. Pivoni, tabiiy va ko'piklanadigan vinolarni reklama qilish
(39-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 15 февралдаги ЎРҚ-908-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.02.2024 й., 03/24/908/0126-сон — 2025 йил 1 январдан кучга киради)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Bu modda pivo, tabiiy va ko'piklanadigan vinolarni reklama qilish qoidalarini belgilaydi. Reklamani faqat muayyan joylar va vaqtlarda, maxsus ogohlantirish bilan birga qilish mumkin. Reklamada bu ichimliklarni iste'mol qilish zarari, ularni kim iste'mol qila olmasligi va haddan ziyod ichishning xavfi haqida ma'lumot bo'lishi shart.
**Kimga tegishli**
Bu qoidalar pivo va vino ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va reklama qiluvchi barcha shaxslarga tegishli.
**Amalda**
Bir restoranda pivo reklamasi qilinmoqda. Reklamada "Pivo ichish sog'liq uchun yaxshi" deb yozish mumkin emas. Buning o'rniga reklama asosiy maydoni va vaqtining 10 foizida "Haddan ziyod ichish sog'lig'iga zarar beradi" degan ogohlantirish bo'lishi kerak.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.