Quyidagi dori vositalarini reklama qilish taqiqlanadi:
faqat shifokorning retsepti bo'yicha tarqatiladigan dori vositalarini;
tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop va (yoki) kuchli ta'sir qiluvchi moddalar mavjud bo'lgan dori vositalarini;
O'zbekiston Respublikasida tibbiyotda qo'llanish uchun ruxsat etilmagan dori vositalarini;
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligida davlat ro'yxatdan o'tkazilmagan dori vositalarini.
Dori vositalarini reklama qilishda quyidagilar taqiqlanadi:
taniqli shaxslarning, tibbiyot xodimlarining yoki tashqi ko'rinishi shifokorlarning tashqi ko'rinishiga o'xshash shaxslarning ishtirok etishi. Mazkur talab foydalanuvchilari faqat tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bo'lgan reklamaga, tibbiyot yoki farmatsevtika ko'rgazmalari, seminarlari, konferentsiyalari va boshqa shunga o'xshash tadbirlar o'tkaziladigan joylarda tarqatiladigan reklamaga, shuningdek bosma nashrlarga joylashtirilgan reklamaga nisbatan tatbiq etilmaydi;
olimlarning, tibbiyot xodimlarining tavsiyalaridan, xuddi shuningdek alohida shaxslarning minnatdorchiligidan, tavsiyalaridan va reklama qilinayotgan dori vositalarining ta'siri haqidagi hikoyalaridan iborat bo'lgan tavsiyalardan foydalanish;
kasallik (jarohat) va (yoki) dori vositalarining inson organizmiga ta'siri natijasida inson organizmida yuz beradigan o'zgarishlar to'g'risidagi videolavhadan, tasvirdan yoki vizual namoyishdan foydalanish. Mazkur talab ta'siri klinik jihatdan tasdiqlangan, inson organizmidagi dori vositasini qabul qilish yoki iste'mol qilish bilan bog'liq bo'lgan va inson organizmidagi tasvirlanayotgan o'zgarishlar jarayoni dori vositasining inson organizmiga klinik jihatdan tasdiqlangan ta'sirini aniq ko'rsatadigan o'zgarishlar haqidagi tasvirga yoki vizual namoyishga taalluqli emas;
dori vositalarini haddan ziyod va noto'g'ri ishlatishga undash;
shifokor maslahatini olmasdan mustaqil ravishda davolanish yoki jarrohlik aralashuvini amalga oshirish imkoniyati to'g'risida taassurot (ishonch) uyg'otish;
dori vositalari muvaffaqiyatli qo'llanilganligiga doir muayyan hollarga havola qilinadigan reklama.
Retseptsiz beriladigan dori vositalarining reklamasi:
dori vositasini nojo'ya ta'sirlar mavjud emasligi jihatidan noyob, eng samarali, eng xavfsiz deb taqdim etmasligi;
dori vositasining tarkibiga, kelib chiqishiga, yangiligiga yoki patentlanganligiga nisbatan yanglishishlarga olib kelmasligi;
dori vositasi ovqatga qo'shiladigan biologik faol qo'shimcha, kosmetik mahsulot yoki gigiyena vositasi yoxud boshqa har qanday turdagi tovar ekanligini ta'kidlamasligi;
reklama ta'sirini kuchaytirish maqsadida boshqa dori vositalari bilan noto'g'ri taqqoslashlarga yo'l qo'ymasligi;
mazkur dori vositasining ta'siri kafolatlanganligi to'g'risidagi tasdiqni o'z ichiga olmasligi;
inson salomatligi dori vositasini qabul qilmaslik oqibatida yomonlashishi mumkinligini uqtirmasligi kerak.
Retseptsiz beriladigan dori vositalarining reklamasi har bir holda ularni qo'llashga va ulardan foydalanishga qarshi ko'rsatmalar mavjudligi, qo'llashga doir yo'riqnoma bilan tanishish yoki mutaxassislar maslahatini olish zarurligi to'g'risidagi ogohlantirish bilan birga berilishi kerak.
Dori vositalarining reklamasi sohasida rag'batlantiruvchi aktsiyalar o'tkazish taqiqlanadi.
Tibbiyot xodimlari va tibbiyot muassasalari uchun mo'ljallangan dori vositalarining reklamasi dori vositalari to'g'risidagi ilmiy ma'lumotlar ro'yxatiga to'liq mos kelishi hamda unda quyidagi ma'lumotlar bo'lishi kerak:
faol moddaning nomi;
har bir doza uchun faol moddaning miqdori (chiqarilish shakli);
nojo'ya holatlar va asosiy nomaqbul ta'sirlar;
qarshi ko'rsatmalar, ogohlantirishlar va mazkur dori vositasini ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak bo'lgan hollarga doir axborot;
boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri;
tegishli ilmiy manbalarga, shuningdek qo'shimcha axborot olish imkoniyati va manbaiga havola;
mazkur reklamadan foydalanuvchilar faqat tibbiyot va farmatsevtika xodimlari ekanligi to'g'risidagi axborot.
lex.uz’dagi asl matn34-modda. Dori vositalarini reklama qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.