«Reklama to'g'risida»gi qonun

24-modda. Yer uchastkalariga, binolarga hamda inshootlarga tashqi reklama va axborot ob'yektlarini (konstruktsiyalarini) o'rnatishga bo'lgan huquq

Yer uchastkalariga, binolarga hamda inshootlarga tashqi reklama va axborot ob'yektlarini (konstruktsiyalarini) o'rnatishga bo'lgan huquq yuridik yoki jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Davlat mulki bo'lgan yer uchastkalariga, binolarga hamda inshootlarga tashqi reklama va axborot ob'yektlarini (konstruktsiyalarini) o'rnatishga bo'lgan huquq yagona elektron savdo maydonchasi orqali ochiq elektron auktsionlar asosida beriladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o'ziga reklama joyining pasporti berilgan paytda amalda bo'lgan qonunchilikka muvofiq mazkur pasport berilgan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalariga, binolarga hamda inshootlarga tashqi reklama va axborot ob'yektlarini (konstruktsiyalarini) yagona elektron savdo maydonchasi orqali ochiq elektron auktsionlarni o'tkazmasdan o'rnatish huquqiga ega bo'ladi. Reklama joyi pasporti muddati o'tganidan keyin yuridik yoki jismoniy shaxslar tashqi reklama va axborot ob'yektlarini (konstruktsiyalarini) yagona elektron savdo maydonchasi orqali ochiq elektron auktsion yakunlari bo'yicha o'rnatish huquqiga ega bo'lishi mumkin. Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga, shuningdek xususiy mulk bo'lgan binolarga hamda inshootlarga tashqi reklama va axborot ob'yektlarini (konstruktsiyalarini) o'rnatishga bo'lgan huquq xususiylashtirilgan yer uchastkalarining, binolarning hamda inshootlarning mulkdorlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida yuridik yoki jismoniy shaxslarga berilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Reklama va axborot taxtalarini, bannerlari, konstruktsiyalarini yer, binolar va inshootlarga o'rnatish huquqi beriladi. Davlat mulki bo'lgan joylar uchun bu huquq ochiq auktsion orqali sotiladi. Xususiy mulk bo'lgan joylar uchun esa mulkdor bilan shartnoma tuzish kerak. **Kimga tegishli** Bu huquq yuridik shaxslar (kompaniyalar) va jismoniy shaxslar (odamlar) ga berilishi mumkin. **Amalda** Kompaniya shaharning asosiy ko'chasida reklama taxtasini o'rnatmoqchi bo'lsa, davlat mulki bo'lgan joyda auktsiondan qatnashib huquq olishi kerak. Agar xususiy binoning devoriga o'rnatmoqchi bo'lsa, binoning egasi bilan shartnoma imzolashi yetarli.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.