«Reklama to'g'risida»gi qonun

15-modda. Reklama axborotiga doir hujjatlar va materiallarni saqlash muddatlari

Reklama axborotiga doir hujjatlar va materiallar reklamani tayyorlashga, tarqatishga (joylashtirishga), reklamaning natura holidagi va pulda ifodalangan miqdoriga, bosma materiallar va nashr etilgan materiallarning (reklamaning), namunalarning, video- va audiomateriallarning, shuningdek yozib olingan boshqa vositalarning miqdoriga oid shartnomalardan iboratdir. Reklamaga oid faoliyat sub'yektlari reklama axborotiga doir hujjatlar va materiallarni yoki ularning ko'chirma nusxalarini, shu jumladan ularga kiritiladigan keyingi barcha o'zgartishlarni reklama oxirgi marta e'lon qilingan (uzatilgan, tarqatilgan) kundan e'tiboran uch yil mobaynida (bundan qonunchilikda reklamaga doir hujjatlar va materiallarni saqlashning uzoqroq muddatlari nazarda tutilgan hollar mustasno), reklamaga nisbatan nizo yuzaga kelgan taqdirda esa ushbu nizo qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hal qilinguniga qadar saqlashi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.