Qonunda belgilangan tartibda ro'yxatga olingan, reklamaga oid faoliyat sub'yektlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkiloti reklamaga oid faoliyat sub'yektlarining birlashmasidir.
Reklamaga oid faoliyat sub'yektlarining birlashmasi O'zbekiston Respublikasida halol raqobat va qonuniylikka rioya etish printsiplariga asoslangan reklama bozorini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga, shuningdek reklamaga oid faoliyat sub'yektlarining kasbiy manfaatlarini himoya qilishga ko'maklashishga qaratilgandir.
Reklamaga oid faoliyat sub'yektlarining birlashmasi:
o'z a'zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
reklamaga oid faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar bilan chiqadi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli takliflar kiritadi;
marketing hamda reklamaga oid faoliyatni yuritishning yuksak axloqiy mezonlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha talablarni belgilaydigan qoidalar to'plamidan iborat bo'lgan reklama amaliyoti kodekslarini O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida, o'zini o'zi tartibga solish mexanizmlaridan foydalangan holda ishlab chiqadi va qabul qiladi;
reklamaning aylanishi sohasidagi jamoatchilik monitoringiga va hisobga olishga doir tadbirlarni tashkil qilishda ishtirok etadi;
vakolatli davlat organining so'roviga ko'ra reklamaning qonunchilik talablariga mosligi haqida xulosa va izohlar taqdim etadi;
reklama to'g'risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlaydi;
reklamaga oid faoliyat sub'yektlari birlashmasi a'zolarining reyestrlarini yuritadi va ularni o'z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
zarur hollarda, reklamaning aylanishi sohasidagi ixtisoslashtirilgan tadbirlarni (ko'rgazmalar, yarmarkalar, konferentsiyalar va boshqalarni) tashkil qiladi hamda ularda ishtirok etadi, shu jumladan xalqaro tadbirlarda ham ishtirok etadi.
Reklamaga oid faoliyat sub'yektlarining birlashmasi qonunchilikka muvofiq boshqa funktsiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn10-modda. Reklamaga oid faoliyat sub'yektlarining birlashmasi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.