Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga, yuridik shaxslarning birlashmalariga tovar yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga hamda iste'molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keluvchi hujjatlarni qabul qilish hamda harakatlarni amalga oshirish (harakatsizlik), shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi:
faoliyatning biron-bir sohasida yangi xo'jalik yurituvchi sub'yektlarni tashkil etishga, faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga yoki muayyan tovarlarni ishlab chiqarishga nisbatan taqiq belgilash yoki cheklovlar joriy etish;
xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning tovar yoki moliya bozoriga kirishini cheklash yoki ularni undan chiqarib yuborish;
shartnomalar tuzishda ustunlik berish, sotib oluvchilarning muayyan doirasiga tovarlarni birinchi navbatda realizatsiya qilish, moliyaviy mablag'larning manbalarini tanlash va ulardan foydalanish yo'nalishlarining afzalligi to'g'risida xo'jalik yurituvchi sub'yektga ko'rsatmalar berish;
xo'jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatiga asossiz ravishda to'sqinlik qilish, shu jumladan tovarlarga yoki xo'jalik yurituvchi sub'yektlarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilmagan talablarni belgilash yo'li bilan to'sqinlik qilish;
tovarlarning erkin harakatlanishi va realizatsiya qilinishini qonunga xilof ravishda cheklash, xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning tovarlarni yoki boshqa fuqarolik huquqlari ob'yektlarini tasarruf etish hamda ulardan foydalanish huquqlariga nisbatan taqiqlar yoki cheklovlar belgilash;
xo'jalik yurituvchi sub'yektlarga tovarlarni sotib olish to'g'risida ko'rsatmalar berish yoki tovarlarni sotib oluvchilarga bunday tovarlarni realizatsiya qiladigan xo'jalik yurituvchi sub'yektlarni tiqishtirish yoxud ushbu sub'yektlarni tanlashda cheklovlar belgilash;
xo'jalik yurituvchi sub'yektlarga axborotdan o'z raqobatchilarining tovar yoki moliya bozorida kamsitilishiga olib kelishi mumkin bo'lgan tarzda ustuvor foydalanish imkoniyatini berish;
ayrim xo'jalik yurituvchi sub'yektlarga ularni tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko'rsatayotgan boshqa xo'jalik yurituvchi sub'yektlarga nisbatan afzal holatga qo'yadigan imtiyozlar, preferentsiyalar, yengilliklar va eksklyuziv huquqlarni asossiz ravishda berish;
xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olish, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning iqtisodiy faoliyatiga oqibatda raqobat cheklanishi mumkin bo'lgan tarzda aralashish;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning, yuridik shaxslar birlashmalarining vazifalarini xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning vazifalari bilan qo'shib bajarish, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno;
ayrim xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning faoliyati uchun boshqa kamsituvchi yoki imtiyozli shart-sharoitlar yaratish.
Alohida hollarda, tabiiy ofatlar, halokatlarning oqibatlarini tugatish va epidemiyalarning oldini olish maqsadida hamda favqulodda vaziyatlar davrida, shuningdek banklarni sanatsiya qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan hujjatlarni qabul qilishi va harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning, yuridik shaxslar birlashmalarining tovar yoki moliya bozorida narxlarni sun'iy ravishda oshirishga, pasaytirishga, saqlab turishga olib keladigan harakatlariga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn22-modda. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslarning birlashmalari tomonidan raqobatni cheklaydigan hujjatlar qabul qilinishini hamda harakatlar amalga oshirilishini (harakatsizlikni) taqiqlash
(22-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 23 июндаги ЎРҚ-1070-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 24.06.2025 й., 03/25/1070/0536-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 25 сентябрь)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Davlat organlari va tashkilotlar biznesda raqobatni cheklay oladigan qarorlar qabul qila olmaydi. Masalan, yangi kompaniyalarni taqiqlash, bozorga kirish imkoniyatini cheklash, ba'zi firmalarni afzal qilish yoki narxlarni sun'iy o'zgartirish taqiqlanadi. Faqat tabiiy ofat yoki favqulodda vaziyatlarda istisno qilinadi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga, davlat tashkilotlariga va yuridik shaxslar birlashmalariga tegishli.
**Amalda**
Shahar hokimiyati yangi do'konlar ochishni taqiqlash yoki faqat bitta kompaniyaga tovarlar sotish huquqini berish mumkin emas. Bunday qaror raqobatni cheklaydigan qonun buzilishidir.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.