«Raqobat to'g'risida»gi qonun

18-modda. Ustun mavqeni va ustun muzokara kuchini suiiste'mol qilishni taqiqlash

(18-модда биринчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 мартдаги ЎРҚ-1044-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.03.2025 й., 03/25/1044/0224-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 июнь)

Ustun mavqega yoki ustun muzokara kuchiga ega bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'yektning yoki bir guruh shaxslarning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) iste'molchilarning, boshqa xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlari, shu jumladan quyidagi harakatlari ustun mavqeni yoki ustun muzokara kuchini suiiste'mol qilish deb e'tirof etiladi hamda taqiqlanadi: tovarlarning muomalasi hajmini tovar yoki moliya bozorida taqchillikni keltirib chiqarish yoki saqlab turish maqsadida narxlarning oshishiga va (yoki) iste'molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib keladigan tarzda qisqartirish; iste'molchilarning zarur hajmdagi tovarni va lozim darajadagi sifatli tovarni olishga bo'lgan huquqlari kamsitilishiga yo'l qo'yish; tovarning monopol yuqori yoki monopol past narxlarini belgilash; shartnoma predmetiga taalluqli bo'lmagan shartlarni (bundan qonun hujjatlariga muvofiq qattiq maishiy chiqindilarni to'plash va olib chiqish xizmatlari uchun iste'molchilar qarzdorligining oldini olishga qaratilgan qoidalar mustasno), shu jumladan moliyaviy mablag'larni, boshqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni o'zga shaxsga o'tkazishga doir asossiz talablarni majburan qabul qildirish; tovarni realizatsiya qilishda yoki olishda kamsituvchi shart-sharoitlarni belgilash, shu jumladan tovardan foydalanish shartlarini majburan qabul qildirish; shartnoma tuzishga faqat kontragent tomonidan boshqa tovarni olish yoki realizatsiya qilish yoxud kontragentning tovarni o'zga xo'jalik yurituvchi sub'yektlardan olishdan yoki boshqa xo'jalik yurituvchi sub'yektlarga realizatsiya qilishdan o'zini tiyishi sharti bilan rozilik berish; tegishli tovarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish imkoniyati bo'la turib, shartnoma tuzishni asossiz ravishda rad etish; tovar yoki moliya bozoriga boshqa xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning kirishi uchun to'siqlar yaratish; narxlarni davlat tomonidan tartibga solish qo'llaniladigan tovarlar uchun belgilangan narxdan ortiq haq olish yoki narxlarni davlat tomonidan tartibga solish tartibini buzish, shuningdek ko'rsatilmagan xizmatlar yoki bepul ko'rsatilishi kerak bo'lgan xizmatlar uchun haq olish; boshqa xo'jalik yurituvchi sub'yektlar (raqobatchilar) tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarni olishni yoki realizatsiya qilishni taqiqlash yoxud cheklash. Ustun mavqega ega bo'lgan deb e'tirof etilgan raqamli platforma operatoriga ma'lumotlar, texnologiyalar va raqamli mahsulotlardan foydalanish haqidagi talablarni belgilash orqali raqobatni cheklaydigan harakatlarni bajarish taqiqlanadi. Ustun mavqega ega bo'lgan deb e'tirof etilgan raqamli platforma operatorining raqobatning cheklanishiga olib keladigan harakatlarini aniqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.