Tabiiy monopoliya sub'yektlari tovarlarining narxlarini (tariflarini) tartibga solish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Tabiiy monopoliya sub'yektlari tovarlarining narxlarini (tariflarini) belgilash uchun tabiiy monopoliya sub'yektlari o'z tovarlari narxlarining (tariflarining) loyihalarini hamda ular bo'yicha hisob-kitoblarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organga taqdim etadi.
Tabiiy monopoliya sub'yektlari tovarlari narxlarining (tariflarining) loyihalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan bir oylik muddatda ko'rib chiqiladi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organning tabiiy monopoliya sub'yektlari tovarlarining narxlari (tariflari) bo'yicha qarori tabiiy monopoliya sub'yektlari tomonidan mazkur qaror kuchga kirguniga qadar o'n besh kundan kechiktirmay ommaviy axborot vositalarida hamda o'z rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi.
Vakolatli davlat organi tabiiy monopoliya sub'yektlari tovarlarining narxlarini (tariflarini) tartibga solishda ishtirok etmaydi.
lex.uz’dagi asl matn16-modda. Tabiiy monopoliya sub'yektlari tovarlarining narxlarini (tariflarini) tartibga solish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.