Quyidagi shartlardan biriga yoki bir nechtasiga muvofiq bo'lgan, yagona (umumiy) iqtisodiy manfaatga ega bo'lgan shaxslar yig'indisi shaxslar guruhi deb e'tirof etiladi:
ikki va undan ortiq xo'jalik yurituvchi sub'yektning biri bevosita yoki bilvosita, shuningdek boshqa shaxslardan olingan vakolatlarga muvofiq boshqa xo'jalik yurituvchi sub'yekt ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizidan ortig'iga egalik qiladi;
ikki va undan ortiq xo'jalik yurituvchi sub'yektda ayni bir jismoniy shaxs, shuningdek uning eri (xotini), ota-onasi (farzandlikka oluvchilari), bolalari (farzandlikka olingan bolalari), tug'ishgan va o'gay aka-ukalari hamda opa-singillari (bundan buyon matnda yaqin qarindoshlari deb yuritiladi) ushbu xo'jalik yurituvchi sub'yektlardagi o'z ishtiroki tufayli bevosita va (yoki) bilvosita yoxud boshqa shaxslardan olingan vakolatlarga muvofiq mazkur xo'jalik yurituvchi sub'yektlardan har birining ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizidan ortig'iga egalik qiladi (ega bo'ladi);
ikki va undan ortiq xo'jalik yurituvchi sub'yektda ayni bir yuridik shaxs ushbu xo'jalik yurituvchi sub'yektlardagi o'z ishtiroki tufayli bevosita va (yoki) bilvosita yoxud boshqa shaxslardan olingan vakolatlarga muvofiq mazkur xo'jalik yurituvchi sub'yektlardan har birining ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizidan ortig'iga egalik qiladi (ega bo'ladi);
ikki va undan ortiq yuridik shaxsning ijro etuvchi organi tarkibiga ayni bir jismoniy shaxs hamda uning yaqin qarindoshlari kiradi;
ikki va undan ortiq yuridik shaxsning kollegial ijro etuvchi organi va (yoki) kuzatuv kengashi son tarkibining 50 foizidan ortig'ini ayni bir jismoniy shaxs va uning yaqin qarindoshlari tashkil etadi;
ikki va undan ortiq yuridik shaxslardan biri qonunchilikka yoki ushbu yuridik shaxslarning ta'sis hujjatlariga yoxud ular bilan tuzilgan shartnomalarga asosan ushbu yuridik shaxslarga ijro etilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar berishga haqli bo'ladi;
ikki va undan ortiq xo'jalik yurituvchi sub'yektda ayni bir jismoniy shaxs yoki ayni bir yuridik shaxs qonunchilikka va (yoki) ushbu yuridik shaxslarning ta'sis hujjatlariga yoxud ular bilan tuzilgan shartnomalarga asosan ularga ijro etilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar berishga haqli bo'ladi.
Ushbu Qonunda shaxslar guruhiga tovar yoki moliya bozorining yagona sub'yekti sifatida qaraladi.
lex.uz’dagi asl matn10-modda. Shaxslar guruhi
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Shaxslar guruhi — bu ikki yoki undan ortiq kompaniya, ular birgalikda bir xil maqsadga erishadigan va bir-birining ustida nazorat qiladigan tashkilotlar. Ular alohida-alohida kompaniya bo'lsalar ham, qonun ularni bitta katta tashkilot sifatida ko'radi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida barcha xo'jalik yurituvchi sub'yektlar va yuridik shaxslarga tegishli.
**Amalda**
Ota o'z kompaniyasining 60 foiziga ega, o'g'li esa boshqa kompaniyaning 55 foiziga ega bo'lsa, ular shaxslar guruhi hisoblanadi. Qonun ularni bitta tashkilot deb hisoblaydi va raqobat qoidalariga bir xil javobgarlik asosida qaratadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.