«Qurol to'g'risida»gi qonun

34-modda. Ruxsatnomaning amal qilishini to'xtatib turish

(34-модда биринчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 сентябрдан кучга киради)

Ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda to'xtatib turilishi mumkin: ruxsat berishga doir talablar va shartlar ruxsatnomaning egasi tomonidan buzilganligi aniqlanganda; ruxsatnoma egasi zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi sud qarori yoki ichki ishlar organining ko'rsatmasi bajarilmaganda. Ruxsatnomaning amal qilishini to'xtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi, ruxsatnomaning amal qilishi qurol va uning o'q-dorilari yo'qolishi yoki talon-toroj qilinishi xavfining oldini olish bilan bog'liq holda o'n ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatga to'xtatib turilgan taqdirda esa ichki ishlar organi tomonidan ham amalga oshiriladi. Ichki ishlar organining ruxsatnomaning amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi qarori uning egasiga qaror qabul qilingan kundan e'tiboran bir ish kunidan kechiktirmay, ruxsatnomaning amal qilishini to'xtatib turish sabablari va qonunchilikning aniq normalari ko'rsatilgan holda yozma yoki elektron (mavjud bo'lgan taqdirda) shaklda yetkaziladi. Ruxsatnomaning amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi sudning qarori uning egasiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Ichki ishlar organi yoki sud ruxsatnomaning amal qilishini to'xtatib turishga sabab bo'lgan holatlarning ruxsatnoma egasi tomonidan bartaraf qilinishi muddatini belgilashi shart. Bunda ruxsatnomaning amal qilishini to'xtatib turishga sabab bo'lgan holatlarni bartaraf etish uchun belgilangan muddat besh ish kunidan kam bo'lmasligi kerak. Ruxsatnomaning amal qilishini to'xtatib turish muddati uning umumiy amal qilish muddatiga kirmaydi. Ruxsatnomaning amal qilishini to'xtatib turishga sabab bo'lgan holatlar ruxsatnoma egasi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, ichki ishlar organi yoki sud ko'rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi haqida tasdiqnoma olingan kundan e'tiboran besh ish kuni ichida ruxsatnomaning amal qilishini qayta tiklash to'g'risida qaror qabul qilishi shart. Ichki ishlar organining ruxsatnomaning amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Ruxsatnomaning amal qilishini to'xtatib turish sud tomonidan asossiz deb topilgan taqdirda, ichki ishlar organi ruxsatnoma egasi oldida u ko'rgan zarar miqdorida javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.