Fuqaroviy va xizmat qurolini saqlash hamda olib yurish huquqiga ega bo'lgan jismoniy shaxslar zaruriy mudofaa holatida yoki oxirgi zarurat holatida o'z hayoti va sog'lig'ini, boshqa fuqarolarning hayoti va sog'lig'ini hamda mol-mulkni himoya qilish uchun qurolni qo'llashi mumkin. Fuqaroviy va xizmat quroli qo'llanilishidan avval bu haqda o'ziga qarshi qurol qo'llanilayotgan shaxs aniq ifodalangan tarzda ogohlantirilishi kerak, bundan shunday ogohlantirishning imkoni bo'lmagan yoxud qurolning qo'llanilishini kechiktirish fuqarolarning va qurol egasining hayotiga bevosita xavf tug'diradigan yoki boshqa og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan hollar mustasno. Bunda zaruriy mudofaa holatida qurolning qo'llanilishi uchinchi shaxslarga zarar yetkazmasligi kerak.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko'rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko'rinib turgan yoki ma'lum bo'lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan fuqaroviy va xizmat qurolini qo'llash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik ko'rsatganligi, fuqarolarning yoxud qurolni qo'llayotgan shaxsning hayoti va sog'lig'iga tahdid etib hujum qilganligi hollari mustasno.
Fuqaroviy va xizmat quroli qo'llanilgan, fuqarolarning hayoti va sog'lig'iga zarar yetkazilishiga olib kelgan har bir holat to'g'risida qurol egasi qurol qo'llanilgan joydagi ichki ishlar organiga darhol xabar qilishi shart.
Fuqaroviy va xizmat quroli qo'llanilganligi natijasida fuqarolarning sog'lig'iga zarar yetkazilgan taqdirda, mazkur qurol egasi badaniga shikast yetgan fuqarolarga birinchi yordam ko'rsatishi, shuningdek ularga imkon qadar qisqa muddatda birinchi tibbiy yordam berilishi choralarini ko'rishi shart.
Fuqaroviy va xizmat quroli qo'llanilganligi natijasida fuqarolarning hayotiga, sog'lig'iga hamda mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat to'g'risida ichki ishlar organlari darhol prokurorga xabar qiladi.
Fuqaroviy qurolni ov va sport bilan shug'ullanish uchun qo'llash, shuningdek xizmat qurolini qo'llash qoidalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Qurol to'g'risida»gi qonun
26-modda. Fuqaroviy va xizmat qurolining qo'llanilishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.