Tibbiy tekshiruv tibbiyot muassasasi tomonidan O'zbekiston Respublikasining tekshiruvdan o'tayotgan fuqarosining yoki yuridik shaxs xodimining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (identifikatsiyalovchi ID-kartasi, pasporti yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) ko'rsatilgan holda, ichki ishlar organlarining yo'llanmasi asosida o'tkaziladi.
Tibbiy tekshiruv tibbiyot muassasasi tomonidan ichki ishlar organlarining yo'llanmasi taqdim etilgan kundan e'tiboran o'n kunlik muddat ichida o'tkaziladi.
Tibbiy tekshiruvni o'tkazish uchun tibbiyot muassasasi tomonidan maxsus tibbiy komissiya tuziladi. Tibbiy komissiya tarkibi tibbiyot muassasasining ma'muriyati tomonidan tasdiqlanadi.
Tibbiy komissiya tibbiy tekshiruvdan o'tkazish bilan bog'liq ma'lumotlarni qayd etish uchun tibbiy tekshiruvdan o'tayotgan shaxslarning ambulatoriya kartalarini yuritadi.
Ambulatoriya kartasida tibbiy tekshiruvni o'tkazishda ishtirok etayotgan barcha shifokorlar va mutaxassislarning tibbiy tekshiruvdan o'tayotgan shaxs to'g'risidagi tibbiy xulosalari ko'rsatilishi kerak.
Tibbiy tekshiruvdan o'tayotgan shaxsni tekshirish uning doimiy yashash joyi bo'yicha ruhiy-asab kasalliklari va narkologiya dispanserlarida tibbiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot muassasasi tibbiy komissiyaning tibbiy tekshiruv natijalari bo'yicha qurolga egalik qilishga qarshi ko'rsatmalar mavjudligi (mavjud emasligi) to'g'risidagi xulosasini elektron shaklda rasmiylashtiradi hamda tibbiy tekshiruv o'tkazilgan paytdan e'tiboran bir ish kuni ichida xulosa yo'llanma bergan ichki ishlar organiga axborotning maxfiyligi ta'minlangan holda, pochta aloqasi vositalari yoki axborot tizimi orqali yuboriladi.
Xulosa tibbiy komissiya rahbarining imzosi va tibbiyot muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Tibbiy komissiyaning xulosasi berilgan paytdan e'tiboran o'ttiz kun ichida amal qiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Qurol to'g'risida»gi qonun
13²-modda. Qurolga egalik qilishga qarshi ko'rsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan o'tish tartibi
(13²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 сентябрдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.