Emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazish qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan emitentning arizasi asosida amalga oshiriladi. Emitentning arizasiga quyidagilar ilova qilinadi:
emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qaror;
qimmatli qog'ozlar emissiya risolasi (qimmatli qog'ozlar ommaviy joylashtirilgan taqdirda);
blanka namunasi (hujjatli shakldagi emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarilgan taqdirda);
ro'yxati qonunchilikda belgilanadigan boshqa hujjatlar.
Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishini ro'yxatdan o'tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar olingan sanadan e'tiboran o'ttiz kun ichida davlat ro'yxatidan o'tkazishi yoki emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etish to'g'risida asoslantirilgan qaror qabul qilishi shart.
Emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishi davlat ro'yxatidan o'tkazilayotganida emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qarorning har bir nusxasida emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishi davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risida belgi qo'yiladi va emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishiga berilgan ro'yxatdan o'tkazilganlik raqami ko'rsatiladi.
Emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning to'g'riligi uchun javobgarlik emitent zimmasida bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn8-modda. Emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazish
(8-модда биринчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.