Qimmatli qog'ozlar bozorida quyidagilar taqiqlanadi:
emitentga yoki qimmatli qog'ozlarga taalluqli axborotni oshkor qilmasdan qimmatli qog'ozlar emissiyasini amalga oshirish;
chiqarilishi ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat ro'yxatidan o'tkazilmagan yoxud to'xtatib qo'yilgan emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni joylashtirish va ularning muomalasi;
qimmatli qog'ozlar egasining o'z depo hisobvarag'ida bo'lgan qimmatli qog'ozlarning qiymati to'liq to'languniga qadar ularga doir bitimlar tuzishi, bundan nettingdan foydalanish mustasno;
hiyla-nayrang ishlatish va insayder axborotdan foydalanish;
emitentning ustav fondi shakllantirilguniga qadar (tijorat banklarining ustav fondini shakllantirish hollari bundan mustasno), shuningdek emitentning ustav fondini to'ldirish yoki emitentning moliya-xo'jalik faoliyati bilan bog'liq zararlarning o'rnini qoplash uchun korporativ obligatsiyalar chiqarish;
obligatsiyalarning chiqarilishi ro'yxatdan o'tkazilganidan keyin obligatsiyalar chiqarish to'g'risidagi qarorning shu qaror bilan belgilangan obligatsiyalarga doir huquqlar hajmiga taalluqli qismiga emitent tomonidan o'zgartishlar kiritish;
qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchisining va Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining majburiyatlari bo'yicha mijozning qimmatli qog'ozlari va pul mablag'larini undirish;
emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni ommaviy joylashtirishda va (yoki) ularning muomalasida bir investorga boshqasiga nisbatan afzallik belgilash, quyidagi hollar bundan mustasno:
a) davlat qimmatli qog'ozlarini emissiya qilish;
b) aktsiyadorlik jamiyatining aktsiyadorlariga o'zlariga tegishli aktsiyalar soniga mutanosib ravishda qimmatli qog'ozlarni olishda belgilangan tartibda imtiyozli huquq berish;
v) O'zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan qimmatli qog'ozlarni olishga qonunchilikda va (yoki) emitent ustavida cheklovlar mavjud bo'lishi.
Korporativ va infratuzilma obligatsiyalari ularning egalariga emitentni boshqarishda ishtirok etish huquqini bermaydi.
Yuridik yoki jismoniy shaxs yoxud o'zaro kelishuv bilan bog'langan yoki bir-birining mol-mulkini nazorat qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar guruhi tomonidan bir yoki bir necha bitim natijasida bank aktsiyalarining 5 foizidan ortig'ini olish O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki xabardor qilinishini, 20 foizidan ortig'ini olish esa, oldindan uning roziligini olishni talab qiladi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining oldindan roziligini olish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Emitent, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, o'zi chiqargan aktsiyalar bo'yicha ularni qayta sotib olish sharti bilan bitimlar tuzishga, shuningdek o'zi chiqargan aktsiyalarni ishonchli boshqaruvga topshirishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn53-modda. Qimmatli qog'ozlar bozoridagi cheklovlar
(53-модда биринчи қисми тўққизинчи хатбошисининг «в» кичик банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.