Закон «О рынке ценных бумаг»

5-modda. Emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qaror

(5-модданинг иккинчи ва учинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qarorda quyidagilar ko'rsatilishi kerak: emitentning to'liq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va elektron pochta manzili; emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qaror tasdiqlangan sana; emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qarorni tasdiqlagan emitent boshqaruv organining nomi; emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning turi va xili hamda ularning chiqarilish shakli; emissiyaviy qimmatli qog'ozlar egasining huquqlari; emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni joylashtirish shartlari; chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning soni; ilgari joylashtirilgan emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning soni; emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning nominal qiymati. Emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qarorda qonunchilikka muvofiq boshqa qoidalar ham ko'rsatilishi mumkin. Emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qaror qonunchilikka va emitentning ustaviga muvofiq emitent boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi. Agar obligatsiyalar chiqarish to'g'risidagi qarorda garov, bank kafolati yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ta'minlash nazarda tutilsa, bunday qarorda ta'minot bergan shaxs to'g'risidagi va ta'minot shartlari haqidagi ma'lumotlar ham ko'rsatilishi kerak. Bunda obligatsiyalar chiqarish to'g'risidagi bunday qaror ta'minot beruvchi shaxs tomonidan ham imzolanishi kerak. Davlat tashkiloti aktsiyadorlik jamiyati etib o'zgartirilayotganda O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlangan aktsiyalarning emissiya risolasi aktsiyalarni chiqarish to'g'risidagi qarordir. Emissiyaviy qimmatli qog'ozlarning chiqarilishi davlat ro'yxatidan o'tkazilganidan keyin emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qarorning bir nusxasi qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organida qoladi, bir nusxasi emitentga beriladi va bir nusxasi emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarilishini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysiga topshiriladi. Emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarish to'g'risidagi ro'yxatdan o'tkazilgan qarorga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek mazkur qarorni o'z kuchini yo'qotgan deb topish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.