«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun

59-modda. O'tgan davr uchun pensiya to'lash

(59-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 18 мартдаги ЎРҚ-922-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.03.2024 й., 03/24/922/0224-сон — 2024 йил 1 январдан эътиборан юзага келган муносабатларга нисбатан ҳам татбиқ этилади)

Pensionerga hisoblab chiqarib qo'yilgan, lekin uning tomonidan o'z vaqtida talab qilib olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi yigirma to'rt oydan oshmagan davr uchun to'lanadi. Pensiyani tayinlovchi yoki to'lovchi organning aybi bilan o'z vaqtida olinmay qolgan pensiya puli o'tgan davr uchun muddati cheklanmagan holda to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.