«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun

45-modda. Pensiya tayinlash to'g'risidagi hujjatlarni va ma'lumotlarni ko'rib chiqish muddatlari

(45-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 19 майдаги ЎРҚ-1066-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.05.2025 й., 03/25/1066/0454-сон)

Pensiya tayinlash to'g'risidagi ariza va so'rovnoma kelib tushgan kundan e'tiboran o'n kundan kechiktirmasdan ko'rib chiqiladi. Pensiyani fuqaroning murojaatini talab etmagan holda (proaktiv shaklda) tayinlash to'g'risidagi masala fuqaro ushbu Qonunning7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga to'lgan kunning o'zida ko'rib chiqiladi. Pensiya tayinlangan taqdirda, Pensiya jamg'armasi bo'limi pensiya tayinlangan kunning o'zida pensionerga pensiyaning turi, miqdori va pensiya tayinlash muddati to'g'risida xabarnoma yuboradi. Fuqaroning murojaatini talab etmagan holda (proaktiv shaklda) pensiya tayinlash rad etilganda Pensiya jamg'armasi bo'limi shu kunning o'zida fuqaroga pensiya tayinlash rad etilganligi to'g'risida rad etish sabablarini va shikoyat berish tartibini ko'rsatgan holda xabarnoma yuboradi. Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda Pensiya jamg'armasi bo'limi tegishli qaror chiqarilganidan keyin besh kundan kechiktirmay arizachiga pensiya tayinlash rad etilganligi to'g'risida rad etish sabablarini va shikoyat berish tartibini ko'rsatgan holda xabarnoma beradi yoki jo'natadi hamda bir vaqtning o'zida barcha hujjatlarni qaytaradi. Agar pensiya tayinlash to'g'risidagi murojaat O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazlari yoki O'zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali, so'rovnoma to'ldirgan holda berilgan bo'lsa, pensiya tayinlash rad etilganligi to'g'risida qaror chiqarilgan kunning o'zida Pensiya jamg'armasi bo'limi murojaat qilgan shaxsga pensiya tayinlash rad etilganligi haqida rad etish sabablarini va shikoyat berish tartibini ko'rsatgan holda xabar yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.