Fuqaro yoki uning qonuniy vakili pensiya tayinlashni so'rab o'z tanloviga ko'ra quyidagi usullardan birini qo'llagan holda murojaat qilish huquqiga ega:
doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo'yicha Pensiya jamg'armasining tuman (shahar) bo'limiga ariza bilan;
yashash joyidan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazida so'rovnoma to'ldirgan holda;
O'zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali so'rovnoma to'ldirgan holda.
Manzil-koloniyalarda jazoni o'tayotgan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar pensiya tayinlashni so'rab ariza bilan manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamg'armasining bevosita tuman (shahar) bo'limiga yoki so'rovnoma to'ldirgan holda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etishi mumkin.
Pensiya tayinlashni so'rab murojaat etilganda shaxsning pensiyaga bo'lgan huquqi ushbu Qonunda belgilangan shartlarga va normalarga muvofiq axborot tizimlaridan olingan ma'lumotlarga asosan aniqlanadi.
Pensiya jamg'armasining bo'limlari pensiyalarni tayinlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar va ma'lumotlar berishi, shuningdek arizachiga zarur hujjatlarni olishida ko'maklashishi shart.
Pensiya jamg'armasi bo'limlari korxonalardan, tashkilotlardan va ayrim shaxslardan tegishli hujjatlarni talab qilib olish, zarur hollarda esa, ularning berilishi asosliligini tekshirish huquqiga ega.
Korxonalar va tashkilotlar pensiya uchun (pensiya qayta hisob-kitob qilinishi uchun) hujjatlarni o'z vaqtida taqdim etmaslik yoki ishonchsiz ma'lumotlari bo'lgan hujjatlarni taqdim etish oqibatida pensionerga yetkazilgan zarar uchun uning oldida qonunchilikda belgilanganidek javobgar bo'ladi.
Korxona, tashkilot yoki pensioner tomonidan ishonchsiz ma'lumotlar ko'rsatilgan hujjatlar taqdim etilganligi oqibatida davlatga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararning o'rni Pensiya jamg'armasiga qoplanadi. Bunda korxona yoki tashkilot tomonidan yetkazilgan zararning o'rni Pensiya jamg'armasi bo'limidan tegishli xabarnoma olingan kundan e'tiboran bir oy ichida, pensioner tomonidan yetkazilgan zararning o'rni esa ushbu Qonunning 65-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun
43-modda. Pensiya tayinlashni so'rab murojaat etish tartibi
(43-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 19 майдаги ЎРҚ-1066-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.05.2025 й., 03/25/1066/0454-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.