Chet elda ishlangan davrlar quyidagi shartlarga ko'ra mehnat stajiga qo'shiladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno:
2019 yil 1 yanvarga qadar bo'lgan davr uchun — Pensiya jamg'armasiga sug'urta badallari to'langan taqdirda;
2019 yil 1 yanvardan 2019 yil 31 dekabrga qadar bo'lgan davr uchun — yagona ijtimoiy to'lov to'langan taqdirda;
2020 yil 1 yanvardan — ijtimoiy soliq to'langan taqdirda.
O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining yollanma (bitim) asosda chet elda ishlaganligi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organlar mehnat daftarchasiga kiritgan qaydnomalarga qarab aniqlanadi.
O'zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning chet elda ishlagan davrini mehnat stajiga kiritish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga chet eldagi ishi O'zbekiston Respublikasida ishlanganiga to'g'ri keladigan stajning 1/3 hissasidan oshmagan miqdorda, stajga qo'shiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun
40-modda. Chet elda ishlash vaqtini stajga qo'shish shartlari
(40-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 19 майдаги ЎРҚ-1066-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.05.2025 й., 03/25/1066/0454-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.