«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun

32-modda. Pensiyalarni hisoblab chiqarishda e'tiborga olinadigan ish haqi turlari

(32-модда тўртинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 19 майдаги ЎРҚ-1066-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.05.2025 й., 03/25/1066/0454-сон)

Pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqiga, shuningdek ish haqining natural qismiga: 2019 yil 1 yanvarga qadar bo'lgan davr uchun — qonunchilikka muvofiq sug'urta badallari hisoblanadigan mehnatga haq to'lash tarzidagi barcha daromadlar; 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun — qonunchilikka muvofiq hisoblangan mehnatga haq to'lash tarzidagi barcha daromadlar qo'shiladi. Davlat ijtimoiy sug'urtasiga taalluqli bo'lmagan shaxslarga pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqiga mehnatga haq to'lash tarzidagi daromadlarga o'xshash pul ta'minotining barcha turlari qonunchilikka muvofiq qo'shiladi. O'qish davrida to'langan stipendiya pensiya so'rab murojaat etuvchining xohishiga ko'ra ish haqiga tenglashtiriladi. Ish vaqtini hisobga olib bo'lmaydigan xodimlarning (yakka tartibdagi tadbirkor va u tomonidan yollangan xodimning, dehqon xo'jaligi va oilaviy tadbirkorlik sub'yekti a'zosining) pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqining miqdori: 2019 yil 1 yanvarga qadar bo'lgan davr uchun — O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga (bundan buyon matnda Pensiya jamg'armasi deb yuritiladi) to'langan sug'urta badallarining miqdoridan; 2019 yil 1 yanvardan 2019 yil 31 dekabrga qadar bo'lgan davr uchun — to'langan yagona ijtimoiy to'lov miqdoridan; 2020 yil 1 yanvardan — to'langan ijtimoiy soliq miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.