«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun

27-modda. Ish staji uchun pensiyalarning oshirilishi

(27-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 19 сентябрдаги ЎРҚ-791-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.09.2022 й., 03/22/791/0832-сон — 2023 йил 1 январдан кучга киради)

Pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir to'liq yili uchun (37—40-moddalar) pensiyalarning tayanch miqdorlari (26-modda) quyidagicha oshiriladi: a) yoshga doir pensiyalar — pensiyani hisoblab chiqarish uchun (31 va 33-moddalar) olinadigan o'rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida; b) I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga nogironlik pensiyalari — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o'rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida; g) boquvchisini yo'qotganlik pensiyalari oilaning mehnatga qobiliyatsiz har bir a'zosi uchun — boquvchining pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o'rtacha oylik ish haqining 0,5 foizi miqdorida oshiriladi. Otasidan ham, onasidan ham judo bo'lgan (chin yetim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yo'qotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o'n ikki barobari miqdori doirasida amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.