Majburiy sug'urta bo'yicha majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilishini nazorat qilish transport vositalarini ro'yxatdan o'tkazishda (qayta o'tkazishda), ularning majburiy texnika ko'rigini tashkil etishda va yo'l harakati qoidalariga, shuningdek yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilishga doir boshqa vakolatlarni amalga oshirishda davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Transport vositasi haydovchisi o'z yonida sug'urta polisini olib yurishi va uni tekshirish uchun qonunchilikka muvofiq bunga vakolatli bo'lgan davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga ko'rsatishi shart, haydovchining yonida O'zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud bo'lgan hollar bundan mustasno.
Chet davlatlarda ro'yxatdan o'tkazilgan va O'zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalarining egalari tomonidan majburiy sug'urta bo'yicha qonunchilikda belgilangan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnПравила обязательного автострахования (ПКМ №141, 2008)
I2-81-band. IX. Yakunlovchi qoidalar — I2-81-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.