Agar majburiy sug'urta ob'yekti bir vaqtning o'zida ixtiyoriy sug'urta bo'yicha ham sug'urtalangan bo'lsa, ixtiyoriy sug'urta bo'yicha sug'urta tovoni majburiy sug'urta bo'yicha sug'urta tovonini to'lash shartlaridan qat'i nazar to'lanadi.
Majburiy va ixtiyoriy sug'urta shartnomasi bo'yicha mol-mulkka yetkazilgan zarar uchun sug'urta tovonini to'lash yuzasidan sug'urtalovchilarning majburiyatlari paydo bo'lgan taqdirda, birinchi navbatda majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta tovoni to'lanadi, mol-mulkka yetkazilgan zararning to'lanmagan qismi ixtiyoriy sug'urta shartnomasi bo'yicha qoplanadi. Bunda ixtiyoriy sug'urta ob'yekti transport vositasi emas, balki transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligi bo'lishi lozim hamda majburiy va ixtiyoriy sug'urta bo'yicha to'langan sug'urta tovonining umumiy summasi jabrlanuvchining mol-mulkiga yetkazilgan haqiqiy zarardan ortiq bo'lishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matnПравила обязательного автострахования (ПКМ №141, 2008)
I2-60-band. VII. Sug'urta tovonini to'lash — I2-60-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.